Bugun Toshkentda kuchli shamol va chang to‘zon bo‘ladi

Bu qiziq

image

Bugun, 11 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol esib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kunduz kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Toshkent va Samarqand viloyatlari va tog‘li hududlarning ayrim joylarida shamol tezligi 9–14 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda shamol tezligi 12–14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing