Bugun Toshkentda 50 ming dollarlik shaxmat turniri start oladi

Sport

image

Joriy yilning 8-9 iyul kunlari Toshkent shahrida o‘zbekistonlik FIDE jahon chempioni, grossmeycter Rustam Qosimjonov xalqaro turniri o‘tkaziladi. Bu haqda “Uzchess” loyihasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, turnirning sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Shaxmatchilar rapid yo‘nalishida 15+10 ko‘rinishidagi vaqt nazorati bo‘yicha musobaqa g‘olibligi uchun dona suradi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilardan tashqari turnirda Parxam Magsudlu, Shahriyor Mamadiyorov, Aleksandr Grischuk va Richard Rapport kabi shaxmat yulduzlari ishtirok etadi.

Turnirda O‘zbekiston sharafini Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidov va bevosita Rustam Qosimjonovning o‘zi ham himoya qiladi. 

Qayd etish joiz, mazkur turnir ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. O‘tgan yilgi bahslarda Javohir Sindorov g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Abdusattorov Shaxmat Rustam Qosimjonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made