Bugun Ronaldu va Mbappe Millatlar ligasida o‘yinlarini o‘tkazadi

Sport

image

Bugun, 20 mart kuni FIFA kunlari doirasida Yevropa terma jamoalari Millatlar ligasi musobasi doirasida o‘yinlarini o‘tkazadi. Xorvatiya-Fransiya, Daniya-Portugaliya, Italiya-Germaniya, Niderlandiya-Ispaniya kabi chorak final o‘yinlari bugungi kun tartibidan o‘rin olgan.

Daniya-Portugaliya

Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichida 6 ta o‘yinda 4 ta g‘alaba va 2 ta durang natija qayd etib, 14 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinni oldi va chorak finalga yo‘l oldi. Daniya esa 6 turdan keyin 2 tadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat qayd etib, 8 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi. 

Xorvatiya-Fransiya

Xorvatiya terma jamoasi Portugaliya bilan bir guruhda Polsha va Shotlandiyani ortda qoldirib, 2-o‘rinni egalladi. Modrich yetakchiligidagi jamoa guruh bosqichida 6 turda 2 tadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat qayd etib, 8 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi. Fransiya termasi esa guruh bosqichida Italiya bilan bir xil 13 ochkodan jamg‘arib birinchi va ikkinchi o‘rinni bo‘lishib oldi. Yakunda to‘plar nisbati bo‘yicha fransuzlar birinchi o‘rinni egalladi va chorak finalga yo‘l oldi.

Italiya-Germaniya

Yuqorida ta’kidlaganidek, Italiya Fransiya bilan bir guruhdan joy olib, 13 ochkosi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Chorak finaldagi raqib Germaniya esa guruh bosqichida 14 ochko jamg‘arib, Niderlandiya, Vengriya hamda Bosniya va Gersogovinyani ortda qoldirdi. 

Niderlandiya-Ispaniya

Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichida 5 ta g‘alaba va 1 durang natija qayd etib, 16 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi. Eng yaqin ta’qibchisi Daniyani 8 ochkoga ortda qoldirdi. Amaldagi Yevro chempionlari bu turnirda ham asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Ammo bugungi raqib Niderlandiyada ham tarkib yomon emas. Germaniya bilan bir guruhda o‘rin olgan niderlandlar 9 ochko jamg‘ardi va chorak finalga yo‘l oldi.

Ma’lumot o‘rnida, yuqorida sanab o‘tilgan barcha o‘yinlar 21 martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:45 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Millatlar ligasi Daniya-Portugaliya Xorvatiya-Frantsiya Italiya-Germaniya Niderlandiya-Ispaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing