Bugun Rahimova dunyoning eng kuchli tennischisi bilan to‘qnashadi

Sport

image

Bugun, 4 sentyabr kuni o‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova AQSH Ochiq chempionatining (“US Open”) uchinchi davrasida jahon reytingi peshqadami Arina Sobolenko bilan kuch sinashadi.

Jahon reytingida 92-o‘rinni egallab turgan Kamilla musobaqaning ikkinchi davrasida rossiyalik Oksana Selexmetova ustidan ishonchli g‘alaba qozongan edi. Rahimova uchrashuvni 6:3, 6:0 hisobida o‘z foydasiga hal qilib, keyingi bosqichga yo‘l olgandi.

Endi o‘zbekistonlik tennischini musobaqaning eng kuchli raqiblaridan biri – jahonning birinchi raqamli tennischisi, belaruslik Arina Sobolenko kutib turibdi. Amaldagi “US Open” chempioni bo‘lgan Sobolenko Nyu-Yorkda uchinchi bor ketma-ket bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun kurashmoqda.

Qizig‘i, Rahimova va Sobolenko bundan avval ham 3 bora o‘zaro to‘qnash kelgan va oldingi uchrashuvlarning barchasida belaruslik tennischi g‘alaba qozongan. Bugungi bahs esa “US Open” musobaqasining uchinchi davrasi doirasida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Kamilla Rahimova va Arina Sobolenko o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 sentyabr kuni o‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeyeva belgiyalik Elize Mertensga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lib, “US Open”dagi ishtirokini yakunlagandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing