Bugun poytaxt va ikki viloyatda aholi orasida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
19 iyun 2020
17550Bugun, 19 iyun kuni O‘zbekistonda 179 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Shundan 146 nafari Karantin muassasalarida, 29 nafari aholi orasida (shundan 24 nafari Toshkent shahrida, 3 nafari Namangan viloyatida hamda 2 nafari Toshkent viloyatida), qolgan 4 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Bugun 74 nafar fuqaro sog‘aydi. Ularning 68 nafari Toshkent shahridagi, 6 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5946 nafar bemordan 4273 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1654 nafar bemordan 14 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatda uy karantinida 33 601 nafar, statsionar karantinda esa 22 875 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi