Bugun Parlamentda Bosh vazir taqdiri hal etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisi kun tartibi tasdiqlandi. 
 
Kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’ruzasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini tayinlash masalasi kiritildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi yalpi majlisida Bosh vazir Abdulla Aripovning Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risidagi arizasini o‘qib eshittirildi va muhokamaga qo‘yildi. Senatorlar ushbu arizani qabul qildi. Hukumat iste’foga chiqdi.

Qonunchilikka ko‘ra, yangi saylangan parlamentda ko‘pchilik o‘rinni egallagan partiya Bosh vazirlikka o‘z nomzodini qo‘yadi. Yangi parlament tasdig‘idan o‘tgan Bosh vazir shundan so‘ng yangi Hukumat tuzishni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr kungi saylovlarda ko‘pchilik ovoz qozongan O‘zLiDep Abdulla Aripov nomzodini yana Bosh vazirlikka taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh vazir Qo'shma majlis

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing