Bugun Olmaotada shaxmat mundiali start oladi

Sport

image

Bugun, 26 dekabr kuni Olmaotada shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionati boshlanadi. Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil qiladi.

Musobaqada jami 258 nafar grossmeyster ishtirok etadi: 155 erkak va 103 ayol. 26-28 dekabr kunlari tezkor shaxmat bahslari, 29-30 dekabr kunlari esa blits-turnir o‘tkaziladi.

Mundialda norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen ham ishtirok etadi. Jahon shaxmati mutasaddilarining e’tibori aynan Karlsenning ishtirokiga qaratilgan. Aslida, Jahon chempionati o‘tgan yili bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Qozog‘istondagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli turnir Varshavaga ko‘chirildi.

Ma’lumot uchun, Varshavadagi mundialda erkaklar o‘rtasida tezkor shaxmat bo‘yicha o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, blits bo‘yicha fransiyalik Maksim Vasher-Lagrav g‘alaba qozongandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shaxmat Abdusattorov

Baholaganlar

85

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing