Bugun Mirziyoyev Samarqandga boradi
Jamiyat
−
24 avgust 2023
6166Bugun, 24 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Prezident Samarqandga safari davomida viloyatdagi bunyodkorlik ishlari, ta’lim maskanlari faoliyati, sanoat va xizmat ko‘rsatish loyihalari bilan tanishadi.
Shuningdek, Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22-23 avgust kunlari Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda rafiqasi Ozarbayjonga ikki kunlik davlat tashrifini amalga oshirdi. Tashrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat yetakchilari ishtirokidagi boshqa tadbirlar o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilindi.
LiveBarchasi