Shavkat Mirziyoyev ertaga safarga chiqadi
Jamiyat
−
21 avgust 2023
13058O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tashrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat yetakchilari ishtirokidagi boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibidan O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 21-22 iyun kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan edi.