Bugun metan “zapravka”lar jamoat transporti uchun ishlaydi
Jamiyat
−
11:05 1609 1 daqiqa
Bugun, 12 mart kuni metan “zapravka”lar faqatgina ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash va me’yoriy holatga keltirish ishlari davom etmoqda.
“Gaz bosimining pastligi sababli, birinchi navbatda aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bugun metan “zapravka”lar ijtimoiy soha ob’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi”, deyiladi xabarda.
Mazkur choralar aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilgan.
Qayd etilishicha, birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin va suyultirilgan gaz (propan) hajmi oshirilgan bo‘lib, yetarli miqdorda yetkazib berilmoqda.
Shu o‘rinda xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sun’iy ravishda oshirmasliklari, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotishlari so‘ralgan.
“Vakolatli tashkilotlar tomonidan nazorat tadbirlari kuchaytirilib, narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi