Bugun koronavirus bo‘yicha yana bir rekord yangilandi

Jamiyat

image

Bugun, 3 iyul kuni O‘zbekistonda 318 holatda kasallik qayd etildi. Bu epidemiya boshlangandan beri kunlik o‘sish rekordi hisoblanadi.

Bemorlarning 273 nafari Karantin muassasalarida, 45 nafari aholi orasida (shundan 37 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Andijon viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida) aniqlangan. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Kun davomida tibbiyot muassasalarida 217 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 212 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar) sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9396 nafar bemordan 6251 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3116 nafar bemordan 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 41 926 nafar, statsionar karantinda esa 22 438 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha kunlik rekord yangilangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

521

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing