Bugun qit’a chempionatida ikki nafar o‘zbek bokschisi ringga chiqadi
Sport
−
03 noyabr 2022
8990Ayni kunlarda Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati janglari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 3 noyabr kuni bahslarning uchinchi kuniga start beriladi. Kun dasturirda ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi. E’tiborlisi, bugun O‘zbekiston ayollar terma jamoasi vakili ham turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
Qizlar o‘rtasida -63 kgda Xadichabonu Abdullayeva tailandlik Somnuek Panpatcharaga qarshi ringga ko‘tarilsa, erkaklar o‘rtasida -80 kg vaznda Odiljon Aslonov Janubiy Koreya vakili Park Jin Xun bilan to‘qnash keladi.
Ma’lumot uchun, Abdullayeva ishtirokidagi jang Toshkent vaqti bilan taxminan 17:30 dan so‘ng boshlansa, Odiljon Aslonov kechki dasturda, soat 20:55 dan so‘ng musobaqadagi ilk jangini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan ikki kun davomida to‘rt nafar O‘zbekiston vakili o‘z jangini o‘tkazib, g‘alabaga erishdi.
LiveBarchasi