Bugun qit’a chempionatida ikki nafar o‘zbek bokschisi ringga chiqadi
Sport
−
03 Noyabr 2022 10656 1 daqiqa
Ayni kunlarda Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati janglari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 3 noyabr kuni bahslarning uchinchi kuniga start beriladi. Kun dasturirda ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi. E’tiborlisi, bugun O‘zbekiston ayollar terma jamoasi vakili ham turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
Qizlar o‘rtasida -63 kgda Xadichabonu Abdullayeva tailandlik Somnuek Panpatcharaga qarshi ringga ko‘tarilsa, erkaklar o‘rtasida -80 kg vaznda Odiljon Aslonov Janubiy Koreya vakili Park Jin Xun bilan to‘qnash keladi.
Ma’lumot uchun, Abdullayeva ishtirokidagi jang Toshkent vaqti bilan taxminan 17:30 dan so‘ng boshlansa, Odiljon Aslonov kechki dasturda, soat 20:55 dan so‘ng musobaqadagi ilk jangini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan ikki kun davomida to‘rt nafar O‘zbekiston vakili o‘z jangini o‘tkazib, g‘alabaga erishdi.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr