Bugun Bobojonov va Komilov Senatga hisob beradi
Jamiyat
−
28 fevral 2020
6013O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2019 yildagi faoliyati bo‘yicha hisobot beradi.
Ma’lumki, bugun, 28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda Senat a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning 2019 yilda ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitadilar.
Qolaversa, yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha faoliyati haqidagi axborot beradi.
LiveBarchasi