Bugun “Barselona”, “Liverpul”, “Bavariya” YeCHLldagi yurishini davom ettiradi

Sport

image

Yevropa Chempionlar ligasi o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. “Barselona”-“Benfika”, “Liverpul”-PSJ, “Inter”-“Feyenoord”, “Bayer”-“Bavariya” kabi o‘yinlar bugungi kun tartibidan o‘rin olgan.

Bir oyog‘i bilan chorak finalda turgan “Barselona”

Xansi Flik qo‘l ostidagi Kataloniya klubi joriy mavsumni super darajada o‘kazmoqda. La Ligada yetakchilikni qo‘lga olgan “Barselona” bugun Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak final javob o‘yinidan o‘rin olgan bahsda Portugaliyaning “Benfika”sini qabul qiladi. Dastlabki o‘yinda kataloniyaliklar so‘nggi daqiqalarda Rafinyaning goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda “Barselona” himoyachisi Pau Kubarsi qizil kartochka bilan jazolandi va javob bahsini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Bugun bo‘lib o‘tadigan javob o‘yinida “ko‘k-anorranglilar” himoyasida urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Chunki Kubarsining yo‘qligini bildirmaslikdek mas’uliyatli ishni undan boshqa himoyachi eplay olmaydi. “Benfika” ham “Barselona” bilan o‘yinni rasmiyatchilikka o‘tkazish uchun kelmasligi tayin. Sababi, klub YeCHL guruh bosqichida raqibini ancha qiyin ahvolga solib qo‘ygan. 4:5 hisobi turnirning bezagiga aylangandi. Portugaliyaliklar hujumchisi Pavlidis “Barselona” darvozasini bu safar “Montjuik” stadionida ishg‘ol qilishga harakat qiladi. Yaqqol favorit “Barselona”, ammo “Benfika” ham osonlikcha taslim bo‘lmaydi. Ushbu o‘yin bugun, 11 mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:45 da start oladi.

“Liverpul” “Enfild”da PSJni qabul qiladi

Arne Slot qo‘l ostidagi “Liverpul” joriy mavsumni fantastik tarzda o‘tkazmoqda. Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida yaqin ta’qibchisi “Arsenal”dan 15 ochko ilgarilab ketgan. Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichini ham klub yetakchi tarzda yakunladi. Nimchorak finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olgan “mersisaydliklar” ushbu bosqichda Parijning PSJ jamoasiga ro‘baro keldi. Dastlabki o‘yin davomida to‘liq ustulikka erishgan bo‘lsada, PSJ vaziyatlardan foydalanish borasida oqsadi. “Liverpul” esa o‘yin bo‘yi birgina vaziyatiga bahs yakunida ega bo‘ldi va Xarvi Elliot vaziyatni golga aylatnirdi. Shu tariqa, Slot shogirdlari mehmondan minimal hisobdagi g‘alaba bilan qaytdi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 12 martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.

“Bayer” 3 ta to‘p farqini yo‘qqa chiqara oladimi?

Chempionlar ligasi qur’a natijasiga ko‘ra Germaniyaning ikki klubi “Bavariya” hamda “Bayer” o‘zaro to‘qnash keladigan bo‘ldi. Dastlabki o‘yinda myunxenliklar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqich uchun katta qadam tashladi. Alonso boshchiligidagi “Bayer” o‘tgan mavsumda bir qancha qiyin vaziyatlardan chiqib keta olgandi. Bu mavsumda esa klubning ishlari biroz yomonroq. Bundesligada ham asosiy raqobatchisi “Bavariya”ni ancha oldinga o‘tkazib yuborgan. “Bavariya” esa o‘tgan mavsumdagi salbiy natijalaridan bu mavsum xulosa chiqarib, har ikki frontda ham dadil kurash olib bormoqda. “Bayer” kambeklarga moyil jamoa, ammo bu safar juda qiyin bo‘ladi. Ushbu o‘yin 12 martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.

“Inter” “Feyenoord”ni imtihondan o‘tkazadi

Milanliklar dastlabki bahsda Amsterdamdan 2:0 hisobi bilan qaytgan. Javob o‘yini olidan jamoaning kayfiyati yomon emas. Sababi, klub A Seriya doirasida “Empoli”ga qarshi bahsda 2:0 hisobida mag‘lub bo‘la turib, so‘nggi daqiqalarda 3:2 hisobida g‘alabani ilib ketgandi. Bu mavsum ham “Inter”ning niyati jiddiy. Ko‘pchilik mutaxassislar Inzagi shogirdlarini YeCHL yashirin favoriti sifatida ko‘rmoqda. PSV ham mag‘lubiyatdan qutilish yo‘llarini izlab ko‘radi. Ushbu o‘yin 12 martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi. Uchrashuv Milan shahrida joylashgan “Juzeppe Meatssa” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona PSJ Evropa Chempionlar ligasi Bavariya Liverpul' Inter Benfika Bayer Feyenoord

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing