Bugun Bahodir Jalolov AQSHda jang qiladi

Sport

image
0:00
0:00
download

Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi, o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov bugun, 26 noyabr kuni profboksdagi navbdatdagi jangini o‘tkazadi.

AQSHning Kaliforniya shtati, Karson shahrida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida Jalolov mezbon sportchi Kyortis Xarperga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Bahodir Jalolov shu vaqtga qadar profboksda 11 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratgan. Kyortis Xarper esa profboksda 22 ta jang o‘tkazib, janglarning 14 tasida g‘alabaga erishgan. 8 ta to‘qnashuvda esa mag‘lub bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun, Jalolov–Xarper jangining boshlanishi O‘zbekiston vaqti bilan 27 noyabr ertalab, taxminan soat 7:00 ga to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Jalolov

Baholaganlar

1640

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing