Bugun 7 ta hududda kuchli shamol va chang-to‘zon bo‘ladi

Bu qiziq

image

Bugun, 28 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kunduz kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarining ayrim joylarida ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, poytaxtda ham shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning sentyabr oyida ob-havoning nisbatan quruq va biroz iliq bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing