Bugun 9 ta hududda kuchli shamol va chang-to‘zon bo‘ladi
Bu qiziq
−
08:56 1599 1 daqiqa
Bugun, 11 sentyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, kunduz kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Shuningdek, Toshkent shahrida ham shamol tezligi 5-10 m/s ni tashkil etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiIIQK Hormuzda AQSH dron kemasini yo‘q qildi
10 sentabr