Bugun 58 kishida koronavirus aniqlandi. Og‘ir ahvoldagi bemorlar ko‘paydi
Jamiyat
−
02 iyun 2020
16685Bugun, 2 iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 58 nafar bemorning 40 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 10 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 4 nafari Toshkent shahrida va yana 4 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqin saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun 49 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 7 nafari Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqishdi. Navoiy viloyatida bir yo‘la 42 nafar bemor tuzaldi va jami sog‘ayganlar 54 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar 110 nafarni tashkil etmoqda.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3760 nafar bemordan 2908 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 837 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Eslatib o‘tamiz, bugun kunning birinchi yarmida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus bemorlari haqida ma’lumot berib, 9 kishi og‘ir va 2 kishi o‘ta og‘ir ahvolda ekanini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi