Bugun “Humo Arena”da navbatdagi o‘yin

Sport

image

O‘zbek xokkey muxlislari bugun, soat 19:30da poytaxtdagi "Humo Arena"da Oliy xokkey ligasining (VXL) ikkinchi turi doirasida Toshkentning "Humo" jamoasi Qozonning "Bars" jamoasiga qarshi muzga chiqishiga guvoh bo‘ladi. 

Ma’lumot o‘rnida: “Humo” xokkey klubi 2018 yilda tashkil topgan va bir necha oydan keyin "Binokor", "Semurg‘" va "XK Toshkent" bilan birgalikda O‘zbekiston chempionatida ishtirok etishni boshlagan. O‘shanda "Humo qushlari"(Klubni O‘zbekistonda shunday atashadi) muntazam mavsumda g‘alaba qozongan, ammo pley-offda bo‘lajak chempion "Semurg‘"ga yutqazgan.

O‘zbekiston klublari 2019/20 yilgi mavsumda VXLga qo‘shilishi kerak edi. Bu borada "Humo" klubi tanlab olindi.

"Humo" VXL doirasidagi ilk o‘yinda "Ryazan"ni yirik - 5:0 hisobida mag‘lub etgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

xokkey klubi

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing