Bugun Hasanboy Do‘smatov Olimpiada chempionligi uchun jang qiladi

Sport

image

Bugun, 8 avgust kuni Parij shahrida davom etayotgan Olimpiada o‘yinlarining boks turida final bahslari boshlanadi. -51 kg da o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Hasanboy Do‘smatov oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.

Do‘smatovga finalda mezbon sportchi Bennama Bilol raqiblik qiladi. Do‘smatovdan tashqari -57 kg vaznda Abdumalik Xalokov yarim final jangida ishtirok etadi. Bayroqdor Xalokov avstraliyalik Charli Senor bilan bahs olib boradi.

Kun dasturida taekvondo janglari ham start oladi. Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashidov Toshkent vaqti bilan 13:35 dan boshlab ishtirokini boshlaydi.

Badiiy gimnastikada Taxmina Ikromova, zamonaviy beshkurashda Alise Faxrutdinova hamda baydarka va kanoeda eshkak eshishda Nilufar Zokirova Parijdagi bahslarda o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing