Buffonning o‘g‘li Chexiya terma jamoasidan chaqiruv oldi
Sport
−
19 fevral
2246“Yuventus”, “Parma” va Italiya terma jamoasi sobiq darvozaboni Janluiji Buffonning o‘g‘li Lui Buffon mart oyida Angliya va Fransiyaga qarshi o‘yinlar oldidan Chexiya yoshlar terma jamoasiga chaqirildi. Bu haqda Chexiya futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
17 yoshli futbolchi vinger sifatida o‘ynaydi. Futbolchining Chexiya terma jamoasiga chaqirilishining sababi hozirda termaga italiyalik taniqli mutaxassis Filipo Inzagi murabbiylik qilmoqda.
Klubi B Seriya jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan Lui Buffon hozircha faqat yoshlar jamoasida o‘ynamoqda, u 18 uchrashuvda 4 ta gol urdi.
Lui Buffon 2011 yildan 2014 yilgacha turmush qurgan Alena Seredova orqali Chexiya fuqaroligiga ega.
LiveBarchasi
Trenddagilar

