Buffon karerasini tugatmaydi — OAV 

Sport

image

“Yuventus” klubi darvozaboni Janluiji Buffon jamoadan ketganidan keyin professional faoliyatini yakunlamoqchi emas. Bu haqda “Corriere della Sera” xabar bergan. 

Xabarga ko‘ra, Buffon “Yuventus”dan ketganidan keyin yana bir yil o‘ynashni niyat qilgan. 

“Jiji o‘ynashni xohlaydi, ammo ambitsiyasi baland jamoada”, deyilgan manbada. 

Afsonaviy o‘yinchi faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan variantlar orasida “Monako”, Turkiyaning “Galatasaroy” klubi, Angliya Premer ligasi klubi, shuningdek , “Portu” klubi bor. 

Avvalroq, Italiyalik darvozabon Janluiji Buffon joriy mavsum oxirida “Yuventus”ni tark etishi haqida xabar bergandik. 

Ma’lumot o‘rnida, Buffon 2001 yilda “Yuventus”da o‘ynay boshlagan. U 2018 yilgacha italyan klubi sharafini himoya qilgan. So‘ng PSJga o‘tgan. Fransuz klubida bir mavsumni o‘tkazib, yana “Yuventus”ga qaytgan. 

“Yuventus” tarkibida Buffon 12 marta mamlakat chempioni bo‘lgan, to‘rt marta Italiya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. PSJda o‘ynagan vaqtida u Fransiya chempioni bo‘lgan. Italiya termasi safida 2006 yilda jahon chempioni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buffon

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing