Ronaldu ketish haqida ko‘p o‘ylardi – Buffon

Sport

image

“Yuventus” sobiq darvozaboni Janluiji Buffon Turin klubini tark etib, “Manchester Yunayted”ga o‘tgan Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

“Menimcha, muxlislar hech narsadan ajablanmasa kerak. Ronaldu aql bovar qilmaydigan professional atlet sifatida mashhur. Krishtianu o‘zi haqida ko‘p qayg‘uradi va buning uchun barcha asoslari bor. O‘tgan uch yil mobaynida u “Yuventus”da yaxshi o‘ynadi va ko‘plab gollar urdi. Uning ketish qarorida mantiqsiz narsani ko‘rmayapman, u bu haqda ko‘p o‘ylardi”, deydi Buffon.

U, shuningdek, turinliklarning muvaffaqqiyatsizliklariga ham to‘xtalib o‘tdi:

“Yuventus” o‘tish davrida. Natijalar yomonligi avlodlar almashinuvidanmi yoki shunchaki boshqa sabab tufaylimi, uni bilmadim? Ushbu voqealar sodir bo‘lganda, kimdandir voz kechish kerak. Jamoada Massimiliano Allegri kabi murabbiy bor ekan, asosiy maqsadga erishishga ishonchim komil”.

Ma’lumot uchun, Janluiji Buffon “Yuventus” saqida 685 o‘yinda maydonga tushib, 539 zarbani bartaraf eta olmagan. 322 uchrashuvda esa darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus MYu Ronaldu Buffon Parma

Baholaganlar

170

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing