43 yoshli Buffon koronavirusga chalindi
Sport
−
04 yanvar 2022
2481Italiyaning “Parma” klubi darvozaboni Janluiji Buffonda koronavirus aniqlandi.
43 yoshli futbolchining klub mashg‘ulotlarida ishtirok etishidan avval topshirgan testi musbat natija bergan.
“U allaqachon Federal hukumat va Sog‘liqni saqlash departamenti talablariga muvofiq izolyatsiya qilingan. Mashg‘ulotlar boshlanishidan avval, reglamentga muvofiq, butun tarkibni COVID-19 uchun testdan o‘tkazishning qo‘shimcha bosqichi o‘tkaziladi”, deyiladi “Parma” rasmiy sayti bergan xabarda.
Ma’lumot uchun, Buffon o‘tgan yozda “Parma” bilan shartnoma imzolagan edi. Darvozabon joriy mavsum Italiya “B” seriyasida 18 ta o‘yinda ishtirok etib, 20 ta gol o‘tkazib yuborgan. Bungacha Buffon PSJ, “Yuventus” va Italiya terma jamoasi safida maydonga tushgan.
LiveBarchasi