“Yuve” Ronaldu sabab DNKsini yo‘qotdi – Buffon

Sport

image

Italiyaning “Parma” klubida to‘p tepayotgan Janluiji Buffon Krishtianu Ronalduning Turin klubiga ta’siri haqida fikr bildirdi.

“Krishtianu “Yuventus”ga o‘tganidan so‘ng, birinchi mavsumda UEFA Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyati bor edi. Men o‘shanda PSJda o‘ynagan edim va nima bo‘lganini tushunolmadim Turinga qaytganimda, Ronaldu bilan ikki mavsum ishladim. Biz bu borada yaxshi ishladik, lekin “Yuve” u sabab DNKsini yo‘qotdi”, deydi Buffon.

Shuningdek, 43 yoshli darvozabon “Keksa Sinora” Ronaldu kelishidan avval YeCHL finaliga chiqqanini esladi:

“2017 yilda Chempionlar ligasi finaliga chiqdik, chunki bizda yaxshi jamoa bor edi, katta tajribaga ega edik. Finalga yetib kelish uchun raqobat juda kuchli edi. Ronaldu katta sahnaga chiqqanida biz uni boy berdik”.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum “Yuventus”da 8 yillik an’ana buzildi. Jamoa chempionlikdan quruq qoldi, ammo Ronaldu ketganidan keyin ham vaziyat yaxshilanmadi. “Zebralar” endilikda Italiya A seriyasida 5-o‘rinda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Ronaldu Buffon A Seriya Futbo

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing