Buffon karerasidagi yubiley o‘yinida g‘alaba qozondi

Sport

image

“Yuventus” klubi Italiya kubogi doirasidan o‘rin olgan bahsda “Inter” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Turinliklar darvozasini Janluiji Buffon qo‘riqladi. Shu tariqa italiyalik posbon o‘z karerasidagi 1100-o‘yinni o‘tkazdi.

Ushbu uchrashuv Buffon uchun “Yuventus” safidagi 679-o‘yin edi. Bundan tashqari u “Parma” safida 220 ta, PSJ uchun 25 ta va Italiya termasi tarkibida 176 ta o‘yinda maydonga tushgan.

“Inter”ga qarshi uchrashuvda Ronalduning kiritgan dubli evaziga “Yuventus”ga g‘olib bo‘ldi. Shu tariqa Buffon yubiley 1100 uchrashuvida quvonchli g‘alabaga erishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Ronaldu Inter Buffon kar'era yubiley

Baholaganlar

17

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing