Bu jang o‘tkazilishini uzoq kutdim – Isroil Madrimovning raqibi
Sport
−
28 fevral 2024
4251“RCC Boxing Promotions” kompaniyasining rossiyalik bokschisi Magomed Qurbonov o‘zbekistonlik Isroil Madrimovga qarshi Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligi kamari uchun jang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“O‘zimni yaxshi his qilmoqdaman. Jang hali e’lon qilinmagan paytdayoq tayyorgarlikka kirishgandim. Yaxshi mashg‘ulotlar o‘tkazdim va bu jang bo‘lishiga ishondim. Nihoyat kutganim sodir bo‘ldi. Men uzoq vaqtdan beri bunday motivatsiyani his qilmayotgandim. Hech qanday muammo yo‘q. Amerikada sparringlar boshlandi, hozir bir necha kun Dubayda bo‘laman va jangdan bir hafta oldin Saudiya Arabistoniga uchib ketaman”, deydi Qurbonov.
Qayd etish joiz, Madrimov-Qurbonov jangi 8 mart kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda o‘tkaziladi. Ikkala bokschi jang qiladigan turnirning markaziy jangi superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua sobiq UFC chempioni kamerunlik Frensis Ngannu o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Magomed Qurbonov shu vaqtga qadar profboksda 25 ta jang o‘tkazib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. 29 yoshli Isroil Madrimov esa profringda 10 marta jang qilib, bahslardan 9 tasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan. 1 ta jangda esa durang qayd etilgan.
LiveBarchasi