Bu yil “eski” abituriyentlardan pul olinadimi?

Jamiyat

image

Joriy yilda ham o‘rta maxsus ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlardan to‘lov undirish davom etadi. Bu haqda 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan offlayn brifingda ma’lum qilindi.

O‘tgan yildan boshlab avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun yarim «minimalka» miqdorida (101 ming so‘m) to‘lov undirish yo‘lga qo‘yilgan edi. Joriy yilda ham bu amaliyot davom etadi. O‘tgan yili ushbu tizim orqali abituriyentlardan 70 mlrd. so‘mdan ko‘proq mablag‘ tushgani xabar qilingan edi.

Joriy yilda bu to‘lov 111,5 ming so‘m bo‘ladi. Taxminan 700 ming atrofida maktabni oldingi yillarda bitirgan abituriyentlar hujjat topshirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 1 million 270 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirishi taxmin qilinmoqda. O‘tgan yili esa abituriyentlar soni 1 million 76 ming edi.

Avvalroq, Imtihonlar 20 iyuldan boshlanishi va ular 3 smenada bo‘lishi haqida xabar bergan edik. Shuningdek, bu yilgi OTMga kirish imtihonlarida 2 ta fandan test topshirilishi rejalashtirilgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

OTM abiturient to'lov Imtihon

Baholaganlar

358

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing