Bu yil 5 ta fandan imtihon bo‘ladi. DTM test sinovlari bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2021-2022 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezonlari tasdiqlangan. Bu haqda DTM Bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2021-2022 o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilanganidek 3 ta majburiy fan – ona tili, matematika va 2 ta mutaxassislik fanidan o‘tkaziladi. Maksimal ball – 280,5 ball qilib belgilangan.

“Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev pandemiya sharotidan kelib chiqib, degan ma’noda 5 ta fandan imtihon olinishi aniqmas, degan gapi turlicha talqin qilindi. O‘tgan yili ham Prezident qaroriga ko‘ra, 5 ta fan bo‘lsa-da, pandemiya sabab fanlar 2 taga tushirilgandi. 

Agar kasallik ko‘payib ketsagina, unda Davlat qabul komissiyasi holatni ko‘rib chiqadi. Hozircha normativ-huquqiy hujjatda 5 ta fan belgilangan”, dedi Farhod Mirzayev.

2021/2022 o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish test sinovlarida 1,6 mlndan ortiq abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish onlayn amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon DTM

Baholaganlar

739

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing