“Bu tarixiy qadamdir”. Zelenskiy Baydenga minnatdorlik bildirdi 

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH Prezidenti Jo Baydenga Ukrainaga lend-liz bo‘yicha qurol yetkazib berish to‘g‘risidagi qonunni imzolagani uchun minnatdorlik bildirdi. Zelenskiy buni tarixiy qadam deb atagan. Bu haqda u Twitter’da yozib qoldirgan.  

“Men AQSH Prezidenti Jo Bayden va xalqiga erkinligimiz va kelajagimiz uchun kurashda ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorlik bildiraman. Bugun lend-liz to‘g‘risidagi qonunning imzolanishi tarixiy qadamdir. Ishonchim komilki, biz yana birga g‘alaba qozonamiz. Ukraina va Yevropada demokratiyani himoya qilamiz. Xuddi 77 yil avvalgi kabi”, degan Zelenskiy. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 may kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishni soddalashtirish maqsadida Ukrainaga lend-liz bo‘yicha qurol yetkazib berish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. 

Oxirgi marta Ikkinchi jahon urushi davrida qo‘llangan lend-liz dasturi AQSH Senati tomonidan joriy yilning aprelida qayta tiklandi. Bundan oldin qonun 1941 yilda qabul qilingan. 

Qonun Qo‘shma Shtatlarga Kiyevga tezda qurol-yarog‘, transport, oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur narsalarni ijara asosida yoki bepul yetkazib berishga yo‘l ochadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

251

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing