Bu saylovchiga bo‘lgan hurmatsizlik – Istamov

Jamiyat

image

22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis va mahalliy kengashlar deputatligiga saylovga oz qoldi. Saylov kuni yaqinlashgani sari, ijtimoiy tarmoqlarda partiyalar nomzodlarining tarjima holi bitilgan afishalar suratlari tarqalmoqda. Ularda esa nomzodning tug‘ilgan yili ish boshlagan yiliga mutanosib emas. Masalan, nomzodning 1985 yilda tug‘ilgani aytilsa, keyinchi xatboshida 1986 yilda falon tashkilotda obro‘li lavozimda ish boshlagani qayd etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari bunday mantiqsiz afishalarning saylov uchastkalariga qadar yetib borishini saylovchilarga nisbatan hurmatsizlik deb atadi. 

"Markaziy saylov komissiyasi ijtimoiy tarmoqlarda ayrim deputatlikka nomzodlarning plakatlaridagi qo‘pol xatoliklar haqida chiqqan ma’lumotlarni, ularga nisbatan yurtdoshlarimizning bildirgan munosabatlarini ham kuzatib bormoqda.

Markaziy saylov komissiyasi targ‘ibot plakatlarida yo‘l qo‘yilgan bunday kamchiliklarni keskin qoralaydi. 

Bu siyosiy partiyalar tomonidan ham, deputatlikka nomzodlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik emas, saylovchiga bo‘lgan hurmatsizlik deb baholaymiz", deydi MSK raisi o‘rinbosari Mahmud Istamov.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy saylov komissiyasi Mahmud Istamov

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing