Bu ma’lumot to‘g‘riligiga ishonamiz – Tramp Xomanaiyning o‘limiga amin

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH va Isroilning Eronga bergan zarbalari oqibatida Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘lganiga ishonchi komil ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u NBC News telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Biz bu ma’lumot to‘g‘ri ekanligiga ishonamiz”, deydi Tramp.

Shuningdek, u Eronda qaror qabul qilish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning katta qismi AQSHning ommaviy zarbalari oqibatida halok bo‘lganini aytgan.

“NBC News bilan telefon orqali muloqotda Tramp bugungi zarbalar oqibatida Eron rahbariyatining “katta qismi” o‘ldirilganini tasdiqladi”, deb yozadi telekanal.

Tramp, shuningdek, “bir necha kishini” nazarda tutayotganini aytgan, biroq ularning aniq sonini ochiqlamagan.

Bundan tashqari, u AQSH zarbalari muvaffaqiyatli bo‘lganini ma’lum qilgan va Islom Respublikasiga yetkazilgan zarardan so‘ng uni qayta tiklash uchun yillar kerak bo‘lishini bildirgan.

“Biz ularga juda katta zarar yetkazdik. Ularga tiklanish uchun yillar kerak bo‘ladi”, deydi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Reuters” isroillik yuqori lavozimli shaxsga tayanib, Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘ldirilgani, uning jasadi topilib, surati Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga ko‘rsatilgani haqida xabar bergan edi. Biroq hali bu xabar Eron tomonidan tasdiqlanmadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing