Bu kunlarni ham ko‘rdik! Namangan hokimi qoida buzgani uchun jarimaga tortildi

Jamiyat 12212
image

Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov xizmat mashinasi yo‘l harakati qoidasini buzgani uchun jarimaga tortildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati IIB YHXBdan hokimlikka yuborilgan ogohlantirish xati sur’ati tarqaldi.

Unda viloyat hokimligiga tegishli Toyota Prado rusumli avtomobil maksimal tezlik 70 km/s bo‘lgan joyda 81 km/s tezlikda harakatlangani aytilgan.

“2020 yilning 6 fevral kuni soat 12:49 da To‘raqo‘rg‘on tumani 4P-112 “Farg‘ona halqa yo‘li” aholi yashash punkti Shohidon-Kumidon yo‘nalishida Namangan viloyati Namangan shahri Istiqlol 57 da ro‘yxatda turuvchi Namangan viloyati hokimligiga tegishli Toyota Prado VX 27L rusumli 50 050 AAA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi 70 km/s belgilangan joyda 81 km/s tezlikda harakatlangan”, deyiladi.

Shu sababdan Toyota Prado VX 27L rusumli 50 050 AAA davlat raqam belgili avtomobil mansabdor shaxsi Namangan viloyati hokimligiga Ma’muriy javobgarliklar to‘g‘risidagi kodeksning 128-3-moddasi 1-qismiga asosan 223 000 so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi, Prezident xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari, Triatlon federatsiyasi Prezidenti Otabek Umarov Toshkent shahri ko‘chalarida Tesla rusumidagi avtomobilning tezligini belgilangandan bir necha barobar oshirib haydayotgani tasvirlangan video tarqalgach, jarimaga tortilgandi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 308
Reyting: 3
t
×