Bu gal eng yomoni erkaklarning ayollar kiyimini kiyib chiqqani bo‘ldi – Abdulla Aripov (video)
Sport
−
13 avgust 2024
15329Parij Olimpiadasidagi eng yomon hodisa erkak sportchilarning ayollarga qarshi ringga chiqqani bo‘ldi. Bu haqda kecha, 12 avgust kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Olimpiada sovrindorlarini taqdirlash marosimida so‘z ochdi.
“Bu gal eng yomoni, o‘ylaymanki, xalqimizga ham yoqmagan narsa – erkak bolalarni ayollarning kiyimini kiyib chiqqani bo‘ldi. Bu umuman qabul qilib bo‘lmaydigan hodisa. Shunday bo‘lsa ham Sitoraxon qizimiz Taypeydan kelgan erkak yigit bilan oxirigacha qo‘rqmasdan kurashdi.
Diyoraxonning chempion bo‘lgani, Svetlananing kumush medalini olgani, Sitoraxonning qo‘rqmasdan kurashgani, o‘ylaymanki, qizlarimiz ham yigitlardan qolishmaydigan, mard va lider ekanidan darak, to‘g‘rimi?”, deydi Bosh vazir.
Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi ushbu bahslarda o‘zbekistonlik Sitora Turdibekova jinsi bo‘yicha bahslarga sabab bo‘lgan Xitoy Taypeyi (Tayvan) vakili Lin Yuy-Tinga qarshi ringga ko‘tarilib, yakunda mag‘lubiyatga uchragandi. Lin Yuy-Tin 2023 yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmagan, aniqrog‘i bokschiga mundialda qatnashishga ruxsat berilmagan, biroq unga Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Olimpiada bahslarida qatnashishga ruxsat berdi. Lin Yuy-Tin Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar