“Bu butun tojik xalqining xizmati”. Rahmon Putinga orden uchun rahmat aytdi

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga III darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlagani uchun minnatdorlik bildirdi va bu mukofotni butun tojik xalqining xizmati, deb atadi. 

“Vladimir Vladimirovich, meni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qaroringiz uchun rahmat. Men bu mukofotni Tojikiston-Rossiya munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan kamtarona hissamga berilgan yuksak baho sifatida qabul qilaman”, deydi Rahmon mukofotni qabul qilib olar ekan. 

U buni birinchi navbatda butun Tojikiston xalqining qardosh Rossiya bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil rivojlantirishdagi xizmatlari bilan bog‘lashini aytdi.  

Putin Tojikiston rahbarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni 2022 yil oktyabr oyida imzolagan. Rahmon Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 

Marosim chog‘ida Putin ko‘p yillik hamkorlikda Rahmon bilan samarali va ishonchli munosabatlar o‘rnatganini, bu esa o‘zaro manfaatli yechimlarni topishga imkon berganini bildirgan. Putinning qayd etishicha, bu mukofot Rahmonning Moskva va Dushanbe o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi e’tirofidir.

Rahmon 21 noyabr kuni ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi, tashrifning birinchi kunida Rossiya rahbari bilan tor doirada uchrashuvlar, kengaytirilgan tarkibda muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Tojikiston Prezidenti Moskvaga tashrifidan so‘ng 23 noyabrga belgilangan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining Minskdagi sammitida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Putin ham avvalroq ushbu sammitda ishtirok etishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Vladimir Putin Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made