“Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”. Ukraina Rossiyaning aybloviga javob qaytardi

Olam

image

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (MXMK) Rossiya Federatsiyasi “Zaporoje atom elektr stansiyasidagi provokatsiya” haqida dezinformatsiya tarqatganini ma’lum qildi. Bu haqda Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi huzuridagi Dezinformatsiyaga qarshi kurashish markazi xabar berdi.

“RF Mudofaa vazirligi Ukraina BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Ukrainaga tashrifi vaqtida Zaporoje AESda rezonansli provokatsiya tayyorlagani haqida dezinformatsiya tarqatdi. Xususan, Mudofaa idorasi 19 avgust kuni Kiyev rejimi ZAESda bahsli provokatsiya tayyorlayotganini, natijada Rossiya texnogen ofat yaratishda ayblanishini hamda ehtimoliy voqealar rivojini ma’lum qildi”, deyiladi MXMK munosabatida.

Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.

“Sizni ogohlantiramiz: bosqinchi kuchlar tomonidan Zaporoje AESning deyarli uzluksiz provokatsion o‘qqa tutilishi faktlari aniqlanganligini hisobga olsak, Ukraina mudofaa kuchlarining provokatsiyalari haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri dezinformatsiyadir!”, deyiladi raddiyada.

Dezinformatsiyaga qarshi kurashish markazi shuningdek, havo hujumi signallarini e’tiborsiz qoldirmaslik  va “2 devor” va “2 chiqish” qoidalarini unutmaslikka chaqirgan.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-leytenant Igor Konashenkov Ukraina ZAESda jiddiy provokatsiya tayyorlagani va unda rasmiy Moskvani ayblashni rejalashtirayotgani haqida bayonot bergan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 18 avgust kuni Ukrainaning Lvov shahrida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida uch tomonlama yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing