Britaniyaning Mudofaa vaziri yangilandi
Olam
−
05 iyul
5287Jon Xili Buyuk Britaniyaning yangi Mudofaa vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Dauning-stritdagi 10-uy idorasi bayonotida ma’lum qilindi.
Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongan Leyboristlar partiyasi rahbari Kir Starmer mamlakatning yangi Bosh vaziri lavozimiga kirishishi bilan hukumat tarkibini yangiladi. Mudofaa vazirligi rahbari sifatida u Jon Xilini ko‘rdi va uni ushbu vazirlikka bosh etib qo‘ydi.
Jon Xili mamlakatning 1997-2007 yillardagi hukumat rahbari bo‘lgan sobiq bosh vazir Toni Bler davridayoq, ya’ni 1997 yilda Leyboristlardan deputatlikka saylangan. U o‘shanda Buyuk Britaniyaning Iroq urushidagi ishtirokini yoqlab ovoz bergan.
2002-2005 yillarda G‘aznachilikning iqtisodiy masalalar bo‘yicha kotibi, 2005-2007 yillarda G‘aznachilikda moliya kotibi, Gordon Braun kabinetida 2007-2009 yillarda mahalliy boshqaruv bo‘yicha davlat vaziri, 2009-2010 yillarda uy-joy qurilishi va rejalashtirish bo‘yicha davlat vaziri lavozimlarida ishlagan. So‘nggi vaqtlarda ham u mahalliy hukumat va uy-joy masalalari bo‘yicha vazir bo‘lgan.
Mudofaa bo‘yicha davlat kotibi sifatida Xili 2022 yilda Rossiya bosqinidan keyin Rossiya-Ukraina urushida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini bir necha bor ta’kidlagan, Buyuk Britaniyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini ma’qullagan va kelgusida har qanday Leyboristlar hukumatida ushbu ishlarni davom ettirish majburiyatini olgan. 2024 yil may oyida Xili soyadagi Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bilan birgalikda Kiyevga tashrif buyurdi va Prezident devonining rahbari Andrey Yermak hamda Mudofaa vaziri Rustam Umarov bilan uchrashuvda:
“Keyingi Leyboristlar hukumatining Ukrainaga bo‘lgan majburiyatlari qattiq bo‘ladi va Yevropa xavfsizligi bizning tashqi va mudofaa sohasidagi birinchi ustuvor vazifamiz bo‘ladi”, degan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga ajdodlari qul bo‘lgan birinchi rahbar tayinlangani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi