Britaniyaning xalqaro nufuzi Ukrainaga yetarlicha yordam bermagani uchun keskin tushdi – OAV

Olam

image

2022 yildan beri Ukrainaga yetarlicha harbiy yordam berilmagani uchun Britaniyaning xalqaro nufuzi keskin tushib ketdi va Kiyev endi Germaniya, shimoliy mamlakatlar va Fransiyani yaqinroq ittifoqchi sifatida ko‘radi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligidagi yuqori martabali manbalar “The Daily Mail” nashriga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Yevropa ittifoqchilari Ukrainaga yetarlicha harbiy yordam va siyosiy ko‘mak ko‘rsata olmagani uchun Britaniyani tark etmoqda.

“Ukrainaliklar hozirda Londonning pozitsiyasidan hafsalasi pir bo‘lgan, Berlin ham Londonga nima qilishi kerakligini aytdi”, deydi Britaniya Mudofaa vazirligi vakillaridan biri.

Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunakning vakilini TASS'ga ma’lum qilishicha, mamlakat rasmiylari Ukrainaga qo‘shin yuborish niyatida emas. Sunak idorasining aniqlik kiritishicha, ular Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning bayonotidan so‘ng Ukrainaga to‘liq harbiy joylashtirish imkoniyatini darhol rad etishgan.

Eslatib o‘tamiz, Makron 26 fevral kuni Parijda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 20 ga yaqin G‘arb davlati vakillari Rossiya Federatsiyasi bilan mojaroda Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlashni muhokama qilganda, Ukrainaga G‘arb davlatlarining quruqlikdagi kuchlarini yuborish ehtimoli mavzusi ko‘tarilganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishtirokchilar ushbu mavzu bo‘yicha konsensusga erisha olmagan, ammo kelajakda bunday ssenariyni ham istisno qilib bo‘lmaydi.

Konferensiyadan so‘ng, ishtirokchi mamlakatlarning aksariyat vakillari Ukrainaga qo‘shin yuborishni rejalashtirmaganliklarini va bundan tashqari, Rossiyaga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etishlariga qarshi ekanini bildirdi.

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Stefan Sejurnening 27 fevral kuni bergan bayonotiga ko‘ra, G‘arb harbiylarining Ukraina hududida bo‘lishi muayyan turdagi yordam ko‘rsatish, jumladan, hududlarni minalardan tozalash va ukrainalik harbiy xizmatchilarni tayyorlashda talab qilinishi mumkin, biroq bu ularning mojaroda ishtirok etishini anglatmaydi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing