Britaniyadagi qozog‘istonliklardan xavfsizlik choralarini kuchaytirish so‘raldi
Olam
−
07 avgust
4779Qozog‘istonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi qozog‘istonliklarga Buyuk Britaniyaning bir qator mintaqalariga bormaslikni tavsiya qildi. Bu haqda “Zakon” nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, bunga mamlakatning bir qator mintaqalarida vaziyat keskinlashgani sabab bo‘lgan. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Roterxem, Bolton, Blekpul, Xall, Bristol, Stok-on-Trent, Belfast, shunigdek, Manchester va Liverpul shaharlarida shu kabi holatlar kuzatiladi.
“Hozirgi vaqtda ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan Qozog‘iston fuqarolaridan xavfsizlik choralarini kuchaytirish, hushyor va ehtiyotkor bo‘lish, gavjum joylarga tashrif buyurmaslik, so‘nggi yangiliklarni kuzatib borish va Buyuk Britaniyadagi elchixona bilan aloqada bo‘lishni so‘raymiz", deyiladi elchixona bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buyuk Britaniyada o‘ta o‘ng kuchlar tomonidan uyushtirilgan yangi aksilmigrant namoyishlari mamlakat bo‘ylab shaharlarda tartibsizliklarga aylangani sababli 90 dan ortiq kishi hibsga olingani xabar qilingandi.
Maftuna Madaminova