Britaniyada mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari jinsiy tajovuzda gumonlanib hibsga olindi (video)

Olam

image

Buyuk Britaniya mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Ivor Kaplin pedofillikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda “The Spectator” xabar berdi.

Kaplin Xovdagi vokzalda voyaga yetmagan bola bilan uchrashish uchun kelganida hibsga olingan.

Politsiya 66 yoshli erkakning hibsga olinganini tasdiqladi va tergov boshlanganini aytdi. “The Sun” nashrining yozishicha, Kaplin 2024 yilning iyunida aniqlanmagan jiddiy ayblovlar tufayli Leyboristlar partiyasidan chiqarib yuborilgan.

Ilon Mask ham sobiq vazir o‘rinbosarining hibsga olinishiga izoh berdi. 

“Endi biz nima uchun Leyboristlar tergovga qarshi ovoz berganini bilamiz: ular aybdor”, deb yozadi u.

2024 yil iyul oyida Leyboristlar deputatlari boshchiligidagi Oldhem shahar kengashi Ichki ishlar vazirligidan bolalar o‘rtasidagi jinsiy jinoyatlar va politsiya, prokuratura va mahalliy hokimiyatlarning ushbu jinoyatlarga munosabati bo‘yicha milliy tergov boshlashni so‘radi. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Jess Fillips bunday tergovni boshlashdan bosh tortdi va u Roterxem va Telfordda bo‘lgani kabi Oldhemda ham mahalliy darajada o‘tkazilishi kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu shahar aholisi nazarida ob’ektivroq bo‘ladi. Biroq, “The Daily Telegraph” fikricha, Fillipsning rad etishi musulmon saylovchilarni o‘zidan yiroqlashtirishni istamagani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Shundan so‘ng Mask Fillips “qamoqqa loyiq” ekanini, Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer esa iste’foga chiqishi va sudga tortilishi kerakligini aytdi, chunki u, Maskning fikricha, Angliya shimolida voyaga yetmagan qizlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlarga sherik bo‘lgan va jim bo‘lgan. Bunday holatlar ko‘p yillar davomida e’tiborga olinmagan. Ular faqat 2012 yilda ommaga oshkor etila boshlandi.

BBC ma’lumotlariga ko‘ra, Roterxem tekshiruvi faqat 1997 yildan 2013 yilgacha bo‘lgan davrda 1400 ga yaqin bola jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lganini aniqladi, bu asosan asli kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan britaniyaliklar tomonidan sodir etilgan. Telford tergovi, shuningdek, 1980 yillardan buyon 40 yil davomida 1000 ga yaqin qiz jinsiy zo‘ravonlikka uchraganini aniqladi. Birgina ushbu ikki shaharda 100 dan ortiq kishi sodir etilgan jinoyatlar uchun sudlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya mudofaa vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing