Britaniyada ikki qavatli 2 ta avtobus to‘qnashdi
Olam
−
09 noyabr
1912Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida ikki qavatli shahar avtobuslari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida kamida 17 kishi jarohat olgan. Avtobuslar jiddiy shikastlangan. Jarohatlanganlardan biri ikki qavatli avtobusning yuqori qavatida tiqilib qolgan. Uni voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar chiqarib olgan.
“Favqulodda xizmatlar Manchester markazidagi Rochdale ko‘chasiga ertalab mahalliy vaqt bilan soat 8:30 da chaqirildi. Favqulodda yordam vertolyoti ham yaqin atrofdagi avtoturargohga qo‘ndi. Hodisada jabrlangan 17 kishiga yordam ko‘rsatildi”, deyiladi xabarda.
Qutqaruvchilar avariya joyida bir soatdan ko‘proq ishlagan, hodisada jarohat olganlar Manchester bo‘ylab turli tibbiyot muassasalariga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning shimolidagi Marchula shahri yaqinida avtobus qariyb 200 metr balandlikdan daraga qulab tushishi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda jami 45 kishi bo‘lgan.
LiveBarchasi