Britaniyada deputatning cherkovda vahshiylarcha o‘ldirilishi terakt deb topildi
Olam
−
16 Oktabr 2021
6133Avvalroq, Buyuk Britaniya parlamentining Konservativ partiyasidan deputati Devid Emess cherkovda vahshiylarcha o‘ldirilgani haqida xabar bergan edik.
Politsiya deputat Devid Emessning chervokda pichoqlab o‘ldirilishini terrorchilik harakati deb hisoblamoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, qotillik ekstremistik qarashlar sabab sodir etilgan bo‘lishi mumkin. U bir o‘zi harakatlangani taxmin qilinyapti.
Politsiya jinoyatchining ismini ochiqlamagan. Faqat uning yoshi ma’lum – 25 yoshda. Manbalarga ko‘ra, qotillikda gumonlanuvchi asli somalilik Buyuk Britaniya fuqarosi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, qotillik Esseks grafligining Li-on-Si shahridagi cherkovda sodir bo‘lgan. Bu vaqtda deputat Emess saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazayotgan bo‘lgan.
LiveBarchasi