Britaniyada banknotlarga Charlz III ning portreti tushirildi (Foto)

Olam

image

Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III ga sovg‘a sifatida uning portreti tushirilgan banknotlar taqdim qilindi. Bu haqda Angliya banki xabar berdi.

Bildirilishicha, Qirol portreti tushirilgan banknotalar ilk bor 5 iyunda muomalaga kiritiladi. Angliya banki direktori Endryu Beyli va bosh hisobchi Sara Jon Bukingem saroyida Qirolga uning surati tushirilgan birinchi banknotlarni sovg‘a qilgan. Bundan buyon yangi monarx muomaladagi barcha nominallarda – 5, 10, 20 va 50 funtlik banknotlar paydo bo‘ladi.

Qirol, an’anaga ko‘ra, yangi banknotlarning birinchi nusxalarini olishi kerak. Bu monarxga 00001 raqamlari bo‘lgan banknotalar berilganini anglatadi. Charlz tasvirlangan banknotalar marhuma qirolicha Yelizaveta II tasvirlangan avvalgi banknotlar bilan bir qatorda ishlatiladi.

Ma’lumot uchun, 75 yoshli qirolning toj kiyish marosimi 2023 yil 6 mayda bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq  Charlz III da saraton aniqlangani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya banknot Charl'z III

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing