Britaniyada afg‘onistonlik sobiq harbiy o‘ldirib ketildi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning Braknell shahrida afg‘onistonlik Abdul Vali Mamozay ismli sobiq harbiy o‘ldirib ketildi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Britaniya maxsus kuchlari bilan ishlagan Mamozay bozordagi avtoturargohda yuzaga kelgan janjal paytida o‘ldirilgan. Uning qotilligida gumonlanib 4 kishi qo‘lga olingan.

Mamozay taxminan 7 oy oldin Afg‘oniston fuqarolarini ko‘chirish va ularga yordam berish dasturi orqali Buyuk Britaniyaga kelgan. Mamozayning homilador rafiqasi Habiba Haydari politsiyaga bergan ma’lumotiga ko‘ra, 26 aprel kuni kechqurun eri uyga qaytmagach xavotirga tushgan.

“Men unga 100 martadan ko‘proq qo‘ng‘iroq qildim, lekin javob bo‘lmadi. Shundan so‘ng qo‘riqchilarga murojaat qilib, uni bedarak yo‘qolgan deb xabar berdim”, degan marhumning ayoli.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, qotillik sababi hozircha noma’lum, tergov ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi 21742-sonli harbiy qismning texnik hududi qorovuli otgan o‘q tasodifan boshlig‘iga tegib, uni o‘ldirib qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya o'ldirildi afg'onistonlik sobiq harbiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing