Britaniya Yaqin Sharqqa yana ming askarini joylashtirdi. Vaziyat jiddiylashyaptimi?
Olam
−
07 dekabr 2023
10820Britaniya Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 1000 nafar askarini joylashtirdi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Grant Sheppsga tayanib, "The Times of Israel" xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Britaniya kuchlari gumanitar yordam sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash va u yerdagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam berish uchun mintaqaga ko‘chirilyapti.
Bundan tashqari, shu hafta Grant Sheppsning Isroilga tashrifi ham kutilmoqda. Uning qirollik armiyasi bosh shtabi rahbari Toni Radakin hamrohligida Kipr, Isroil va Falastinga borishi ma’lum bo‘lgan.
"Bu hafta mening tashrifim G‘azoda hayotni saqlab qolish uchun muhim bo‘lgan insonparvarlik yordamining yetkazilishini tezlashtirish va qolgan barcha garovga olinganlarni ozod etilishini muhokama qilishga qaratiladi", degan vazir bu haqda bayonot berib.
Shepps Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant bilan "hozirgi xavfsizlik holati va Isroilning keyingi qadamlarini ko‘rib chiqmoqchi" hamda Falastin ma’muriyati vaziri general Ziyod Hab Al-Rih bilan "G‘arbiy Sohildagi falastinliklar masalasida ham gaplashishni rejalashtirgan.
LiveBarchasi