Britaniya Ukrainaga Brimstone raketalarini yuboradi
Olam
−
27 aprel 2022
9415Buyuk Britaniya bir necha hafta ichida Ukrainaga yuqori texnologiyali raketalar yetkazib bera oladi. Bu haqda Britaniya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Jeyms Xippi ma’lum qildi.
“Biz Mudofaa vaziri bu imkoniyatni tasdiqlash uchun parlamentga bayonot bilan chiqishini kutgan edik. Ammo texnik xodimlarimiz ishlayotgan tezligi tufayli men parlamentga bir necha hafta ichida Brimstone raketalarini yetkazib bera olishimiz haqida ma’lum qilishdan mamnunman”, degan Xippi parlamentdagi bayonotida.
Xippiga ko‘ra, Ukraina yaqinda yerdagi nishonlarni yo‘q qilish uchun uzoq masofaga uchuvchi operativ-taktik raketalarni yetkazib berishni so‘ragan. Britaniya hukumati esa bu borada Brimstone raketalarini yetkazib berish masalasini o‘rganmoqda.
Brimstone — yuqori texnologiyali “havo-yer” sinfidagi raketa. U Britaniya harbiy havo kuchlari uchun MBDA xalqaro konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan.
Avvalroq, Ukraina Qurolli Kuchlari (UQK) Buyuk Britaniyadan Starstreak raketalari bilan jihozlangan Stormer o‘ziyurar zenit qurollarini olishi va uskunalar bepul yetkazilishi haqida xabar bergandik.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 22 aprel kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri ukrainalik harbiylar Britaniya va Polshada tayyorgarlikdan o‘tayotganini ma’lum qildi. Ukraina Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari Britaniya bronetransportyorlari (BTR) va zenit tizimlarini boshqarish bo‘yicha o‘qitilgan.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya Ukrainaga kamida 120 ta mashina yuborishga rozi bo‘ldi, ulardan 80 tasi Mastiff, Husky va Wolfhound rusumidagi zirhli mashinalar bo‘lib, ular front orti va frontda foydalanish uchun mo‘ljallanganshuningdek, 40 ta Samaritan, Spartan va Samson avtomobillari bor.
LiveBarchasi