Britaniya Ukrainaga havo mudofaa tizimlarini yetkazib beryapti
Olam
−
30 dekabr 2023
3747Buyuk Britaniya havo hujumidan mudofaa uskunalarini Ukrainaga topshiradi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Grant Shepps ma’lum qildi.
“Biz Ukraina mudofaasini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Aynan shuning uchun bugun biz Rossiyaning uchuvchisiz samolyotlari va raketalarini aniqlik bilan urib tushirishga qodir bo‘lgan yuzlab havo mudofaa raketalarini jo‘natyapmiz”, deydi Shepps.
Britaniya vaziri boshqa G‘arb davlatlarini Ukrainaga zarur qurol va harbiy texnika yetkazib berishga chaqirdi.
Ma’lumot uchun, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri Buyuk Britaniya Kiyev hukumatiga 5,9 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 dekabr kuni Rossiya Ukrainaning bir qancha shaharlariga keng miqyosda havo hujumi uyushtirgandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar