Britaniya TIVga ajdodlari qul bo‘lgan birinchi rahbar tayinlandi

Olam

image
Qirol Charlz III Britaniyaning yangi Bosh vazirini qabul qildi north_east

Qirol Charlz III Britaniyaning yangi Bosh vazirini qabul qildi

Buyuk Britaniyaning yangi Bosh vaziri Kir Starmer Devid Lemmini yangi leyboristlar hukumati Tashqi ishlar vaziri etib tayinladi. Bu haqda Dauning-stritdagi 10-uy idorasi bayonotida ma’lum qilindi.

“Qirol hurmatli Devid Lemmini Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlashdan mamnun edi”, deyiladi xabarda.

Lemmi 2020 yilda Starmer Leyboristlar partiyasi yetakchisi etib saylanganidan so‘ng uning jamoasiga qo‘shilgan. U 2020-2021 yillarda soyadagi adliya kotibi lavozimida ishlagan, shundan so‘ng unga soyadagi tashqi ishlar vaziri portfeli berilgan.

Gayanalik ildizlarga ega 51 yoshli Lemmi 2000 yildan beri Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasida o‘zi tug‘ilib o‘sgan shimoliy Londondagi Tottenxem okrugi vakili bo‘lib kelgan. Saylov kampaniyasi davomida u leyboristlar g‘alaba qozonsa, Tashqi ishlar vazirligining ajdodlari qul bo‘lgan birinchi rahbari bo‘lishini ta’kidladi.

U hukumatdagi ilk tajribasini Bosh vazir Toni Bler davrida, xususan, 2005-2007 yillarda qirollik Madaniyat vazirligi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlashdan boshlagan. Leyboristlarning oxirgi bosh vaziri Gordon Braun kabinetida Lemmi ta’lim vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan (2008-2010).

Britaniya Tashqi ishlar vazirligining yangi rahbari ma’lumoti bo‘yicha huquqshunos: 1993 yilda London universitetining Sharq va Afrikashunoslik maktabini tamomlagan, shundan so‘ng Linkolns-inn faxriy yuridik jamiyatiga qabul qilingan. Lemmi 1997 yilda Garvard yuridik maktabini tamomlagan. Kaliforniyada bir yil advokat bo‘lib ishlagandan so‘ng, u Londonga qaytdi va u yerda D J Freeman yetakchi yuridik firmalaridan biriga qo‘shildi.

“The Times” nashrining yozishicha, Lemmi AQSHning 44-prezidenti Barak Obama (2009-2017) bilan yaqin aloqada bo‘lib, ular 2005 yilda Garvard universiteti bitiruvchilari uchrashuvida ko‘rishgan. Shu bilan birga, Lemmi Oq uyning yana bir sobiq rahbari, noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridan keyin Oval kabinetga qaytishi mumkin bo‘lgan Donald Trampni  2017 yilda irqchi sifatida tavsiflagan. Yaqinda Londondagi tahliliy markazdagi nutqida u Trampga qarshi ritorikasini yumshatib, Leyboristlar hukumati har qanday AQSH Prezidenti bilan ishlashga tayyorligini aytdi.

Ukrainadagi mojaroga kelsak, Tashqi ishlar vazirligining yangi rahbari Kiyev hukumatiga yordam berishda davom etish tarafdori. Avvalroq “The Guardian” gazetasi Lemmining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni mustahkamlash bo‘lishini ma’lum qilgandi. 2016 yilda u Brexit’ni qo‘llab-quvvatlamagan.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya Bosh vazir Devid Lemmi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing