Britaniya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

Olam

image

Britaniya hukumati Ukraina xalqiga qarshi ishlatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni Rossiyaga eksport qilishni taqiqladi. Bu haqda qirollik Tashqi savdo vazirligining kecha, 25 aprel kuni e’lon qilingan bayonotidan ma’lum bo‘ldi.

“Buyuk Britaniya, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaning qahramon xalqiga zulm qilishda foydalanishi mumkin bo‘lgan mahsulot va texnologiyalarni eksport qilish taqiqlangani haqida e’lon qilmoqda. Taqiqlangan mahsulotlar qatoriga eshitish va kuzatuv uskunalari ham kirishi mumkin”, deyiladi hujjatda.

Idora, shuningdek, Ukrainada ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun import bojlari va kvotalar bekor qilinishini e’lon qildi. 

“Ukrainadan import qilinadigan tovarlarga barcha tariflar nolga tushiriladi va erkin savdo kelishuviga muvofiq barcha kvotalar [Ukrainadan import uchun] bekor qilinadi. Bu Ukrainani iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi”, degan hukumat.

Ta’kidlanishicha, bojxona to‘g‘risidagi qaror Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘roviga javoban qabul qilingan.

Vazirlik bayonotida Britaniya Ukrainani keng ko‘lamli iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash doirasida Kiyevga 1 mlrd funt sterlingga teng kreditni ham kafolatlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

225

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing